Biznes uchun AI-yechimlar

Til modellarini haqiqatan vaqt tejaydigan joylarga o'rnatamiz: ish tizimlari ichidagi yordamchilar, ma'lumotlar tahlili va yumushlarni avtomatlashtirish. Tajriba uchun tajriba emas: bizning AI-vositalarimiz allaqachon Unipos platformasi produkshnida ishlaydi.

Nimalar kiradi

  • Ilovalaringiz va admin-panellaringiz ichidagi AI-assistentlar
  • Biznes tilida savdo va operatsiyalar tahlili
  • Kassa operatsiyalari auditi va shubhali harakatlarni topish
  • Ma'lumotnomalar va hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirish
  • Multiprovayder arxitektura: vazifa va byudjetga mos model tanlaymiz
  • AI xarajatlarini hisobga olish va cheklash

Texnologiyalar

Node.js / TypeScriptClaude / GPTPythonPostgreSQL

Unipos produkshnida allaqachon admin-panel AI-yordamchisi, kassa operatsiyalari auditi hamda ombor va texnologik kartalar bilan ishlash AI-vositalari ishlaydi.

Ish qanday boradi

Samara nuqtalarini topish

AI o'zini oqlaydigan jarayonlarni topamiz: yumush, tahlil, nazorat.

Ma'lumotlaringizda pilot

Haqiqiy stsenariylarda tezkor prototip: joriy qilishdan oldin sifatni ko'ramiz.

Tizimga joriy qilish

Kirish huquqlari va harakatlar jurnali bilan ish vositalariga o'rnatamiz.

Sifat va xarajatlar nazorati

Model javoblari va xarajatlarni kuzatamiz, stsenariylarni takomillashtiramiz.

Vazifangizni muhokama qilamizmi?

Nimani avtomatlashtirish kerakligini yozing. 24 soat ichida taklif va baho bilan javob beramiz.